Ushbu maqolada Tehron shahrining turli hududlaridagi toponimik birliklarning mintaqaviy xususiyatlari va ularning shakllanish omillari qiyosiy-tarixiy va struktur-semantik tahlil usullari yordamida o'rganilgan. Tadqiqotda Tehron toponimik makoni shartli ravishda to'rt qismga — tarixiy markaz va janubiy hududlar, shimoliy hududlar, g'arbiy hamda sharqiy hududlarga bo'lib o'rganilgan. Har bir hududga xos nomlash modellari, xususan, markazda oykonim va darvoza nomlari, shimolda landshaft, agrar va shaxs nomlari bilan bog'liq -iya hamda -ak qo'shimchali formalar, g'arb va sharqda esa zamonaviy rejalashtirilgan turar-joy nomlari hamda tarixiy xotiraga ishora qiluvchi tendensiyalar ochib berilgan. Shuningdek, maqolada hodonimlar (ko'cha nomlari) va antroponimik asosli toponimlarning siyosiy-ideologik hamda madaniy-tarixiy qatlamlari tahlil qilingan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
qizi et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: