Ushbu tahliliy maqolada global iqlim o'zgarishi va suv resurslarining tanqisligi sharoitida sholi (Oryza sativa L.) o'simligining qurg'oqchilik va sho'rlanish kabi abiotik stress omillariga chidamliligini oshirishda CRISPR/Cas9 genom tahrirlash texnologiyasining o'rni hamda amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda abiotik stresslarga javob beruvchi kalit genlar (OsRR22, OsDST, OsDRO1 va boshqalar) hamda ularning o'simlik fiziologiyasidagi osmotik va ion muvozanatini saqlashdagi molekulyar mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, gRNA dizayni, Agrobacterium-vositasidagi transformatsiya samaradorligi va in-vitro to'qima kulturasi bosqichlaridagi texnik omillar atroflicha ko'rib chiqilgan. Tahlillar natijasida, salbiy regulyator genlarni nokaut (knockout) qilish orqali bir vaqtning o'zida ham sho'rlanishga, ham qurg'oqchilikka kompleks chidamli transgenik bo'lmagan (transgene-free) yangi liniyalarni olish istiqbollari baholangan. Maqola natijalari sho'rlangan va suvsiz hududlar uchun sholining moslashuvchan navlarini yaratishda va molekulyar seleksiya dasturlarini jadallashtirishda ilmiy-amaliy asos bo'lib xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ismatova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: