Mazkur tezisda substrat muhitida yetishtirilgan «Tong ifori» va «Solhyang» qulupnay navlari mevalarini qayta ishlash asosida biologik faol moddalarga boy oziq-ovqat mahsulotlari olish texnologiyasi yoritilgan. Qulupnayning kimyoviy tarkibi, nav xususiyatlari, substrat muhitining meva sifatiga ta'siri, xomashyoni qayta ishlashga tayyorlash va mahsulot tarkibidagi foydali birikmalarni saqlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, pyure, muzlatilgan mahsulot va quritilgan meva kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnologik rejimlarni to'g'ri tanlashning ahamiyati asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nurmuxammad Kamariddin o'g'li Nurullayev (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: