Mazkur tezisda Amudaryo deltasi geotizimlarining zamonaviy geoekologik holati, tabiiy-geografik xususiyatlari hamda ularning o'zgarishiga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar tahlil qilinadi. Orol dengizi sathining pasayishi, daryo oqimining hududiy qayta taqsimlanishi, gidrologik rejimning o'zgarishi, tuproqlarning sho'rlanishi, o'simlik qoplamining degradatsiyasi va cho'llanish jarayonlarining rivojlanishi deltaning geoekologik barqarorligiga ta'sir ko'rsatuvchi muhim omillar sifatida yoritiladi. Shuningdek, masofadan zondlash ma'lumotlari, geografik axborot tizimlari (GAT), landshaft tahlili va gidroekologik monitoringdan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida delta geotizimlarining holatini yaxshilash, suv-botqoq hududlarini saqlash, to'qay ekotizimlarini tiklash hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni ekologik-meliorativ jihatdan barqarorlashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Mashhura Faxriddinovna Muxiddinova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: