Maqolada Samarqand viloyati Payariq va Pastdarg'om tumanlarida yetishtirilgan zog'ora baliq, do'ngpeshona va laqqadan tomat sousida konserva tayyorlash texnologiyasi hamda tayyor mahsulotning kimyoviy tarkibi o'rganilgan. Payariq tumani konservalarida oqsil 18,8–25,9 %, yog' 12,7–19,6 % ni tashkil etdi, eng yuqori ko'rsatkichlar do'ngpeshona konservasida qayd etildi. Pastdarg'om tumani namunalarida tirik baliq va konserva taqqoslanganda oqsil miqdori sezilarli o'zgarmagani, kaliy va kalsiy miqdori ortgani, B12 vitamini esa 37,0–41,8 % ga kamaygani aniqlandi. Natijalardan mahalliy baliq xomashyosidan konserva ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ilashev et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: