This is the authors' abstract. We don't add key points for this paper.
Diuretiklar buyrak orqali natriy ionlari va suvning chiqarilishini oshiruvchi farmakologik vositalar bo‘lib, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, shish sindromlari, jigar sirrozi, buyrak kasalliklari va ayrim elektrolit buzilishlarini davolashda keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy farmakologik ta’siri nefronning turli qismlarida natriy va boshqa elektrolitlarning qayta so‘rilishini kamaytirish orqali amalga oshadi. Ta’sir mexanizmiga ko‘ra diuretiklar halqali, tiazid va tiazidsimon, kaliy tejovchi hamda karbonat angidraza ingibitorlariga bo‘linadi. Har bir guruh nefronning muayyan segmentida joylashgan ion tashuvchilar yoki fermentlarga ta’sir qiladi. Diuretiklarning klinik samarasi ularning so‘rilishi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi, buyrak kanalchalariga sekretsiyasi, metabolizmi va chiqarilishiga bog‘liq. Mazkur maqolada diuretiklarning molekulyar ta’sir mexanizmlari, farmakokinetik xususiyatlari, elektrolit almashinuviga ta’siri hamda terapevtik va nojo‘ya samaralari tahlil qilinadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Doniyorova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: