Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash jarayonida karbon aktivlarini shakllantirish, ularni avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish, baholash va xalqaro karbon bozorlarida monetizatsiya qilishning ilmiy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Global iqlim o’zgarishi, yer degradatsiyasi va issiqxona gazlari emissiyasining ortib borishi sharoitida karbon aktivlarini samarali boshqarish ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil iqtisodiyotga o’tishning muhim omillaridan biri sifatida asoslangan. Tadqiqotda degradatsiyaga uchragan yerlarni rekultivatsiya qilish natijasida hosil bo’ladigan karbon sekvestratsiyasi hajmini aniqlash, karbon kreditlarini shakllantirish va ularni raqamli platformalar orqali iqtisodiy aktivga aylantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Tuxtashev Farxod Farmonovich (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: