Maqolada zamonaviy turmush tarziga xos sun’iy yorug‘lik, raqamli qurilmalardan foydalanish, tungi mehnat, uyqu vaqtining beqarorligi, ovqatlanish tartibi va psixoemotsional zo‘riqishning inson biologik soati hamda melatonin sekretsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi biologik vaqtni boshqaruvchi fiziologik mexanizmlarni yoritish, melatonin ishlab chiqarilishining tashqi omillarga bog‘liqligini baholash va biologik vaqt bilan kundalik faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikning salomatlikka ta’sirini aniqlashtirishdan iborat. Maqola ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va qiyosiy umumlashtirish usulida tayyorlandi. Tahlillar yorug‘likning noto‘g‘ri vaqtda ta’sir qilishi, uyqu rejimining buzilishi va tungi ovqatlanish fiziologik jarayonlarning muvofiqlashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biologik vaqtga mos kun tartibi, kechki yorug‘likni cheklash va muntazam uyqu metabolik hamda psixoemotsional salomatlikni saqlashning muhim shartlaridir.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Akmalovna et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: