Tezisda Abdurashid Nurmurodovning 1991-yilda nashr etilgan "Qonli yoʻrgaklar" hujjatli asarida Afgʻon urushi qatnashchilarining ogʻzaki hikoyalari tarkibidagi tush motivi va mifologik tafakkur izlari tahlil qilinadi. Asardagi bashoratli tushlar, ajalning odam qiyofasida namoyon boʻlishi, yulduz va olma ramzlari, koʻz tegishidan saqlanish, chaqaloq qulogʻiga azon aytish odati hamda qargʻish va ta'ziya formulalari xalq e'tiqodlari bilan qiyosiy aspektda oʻrganiladi. Tahlil folklorshunoslikdagi "memorat" tushunchasi asosida olib boriladi. Oʻzbek, belarus va ukrain askarlarining tushlari qiyoslanib, ularda umuminsoniy va milliy-turkiy unsurlar ajratib koʻrsatiladi. Bashoratli tush motivining "Kitobi Dada Qoʻrqud" eposidagi oʻxshash epizod bilan tipologik aloqasi ham qayd etiladi. Xulosada travmatik tajriba sharoitida an'anaviy mifologik tafakkur qayta faollashishi va zamonaviy hujjatli nasr folklor materialini saqlovchi manbaga aylanishi asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shaxnoza Azimboyevna Yuldoshova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: