Mazkur maqolada yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Yoshlarning intellektual salohiyati inson kapitali va intellektual kapitalning muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilib, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi ta’limiy, ijtimoiy, madaniy va institutsional omillar yoritiladi. Shuningdek, mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, ijodkorlik, axborot bilan ishlash va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishda davlat yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari, oila va mahalla hamkorligining o‘rni ochib beriladi. Maqolada yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirish mamlakatning innovatsion rivojlanishi, samarali davlat boshqaruvi va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog‘liqligi asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Isomiddinov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: