Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida rolli o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Rolli o‘yinlarning di alogik nutq, faol lug‘at, fikrni izchil bayon qilish va muloqot odobini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. “Do‘konda”, “Kutubxonada” va “Mehmonda” kabi vaziyatlar asosida nutqiy mashqlarni tashkil etish yo‘llari tavsiflanadi. Topshiriqlarni o‘quvchilarning yoshi va til imkoniyatlariga moslashtirish, tayanch so‘zlardan foydalanish hamda barcha bolalarning ishtirokini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Og‘zaki nutqni baholashda ravonlik, mazmuniy izchillik, lug‘at boyligi va vaziyatga mos ifoda mezonlari ko‘rib chiqiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Abdumalikova Dilfuza Abduraubovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: