Maqolada qishloq xo'jaligi mahsulotlari kontraktatsiyasi shartnomasida yetishtiruvchi va tayyorlovchi manfaatlari muvozanatini ta'minlash masalalari tahlil qilinadi. Shartnoma erkinligi, taraflarning yuridik tengligi hamda muzokaralarda ishtirok etish imkoniyati o'rtasidagi bog'liqlik ochib beriladi. O'zbekiston fuqarolik qonunchiligi milliy huquqshunoslik manbalari va mas'uliyatli kontraktatsiyaga oid xalqaro tavsiyalar bilan qiyoslanadi. Muallif manfaatlar muvozanatini shartnoma shartlarini shakllantirish, tavakkalchilikni boshqarish va buzilgan huquqni tiklash imkoniyatlarining o'zaro mutanosibligi sifatida talqin qiladi. Narxni aniqlashning tekshiriladigan tartibi, sifatni mustaqil baholash, nizosiz summani to'lash, avans va mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini muvofiqlashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi. Qo'shilish shartnomasida tadbirkorni himoya qilish chegaralarini agrar ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish zarurati asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
A.J. Bekniyazov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: