Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi Tyubegatan konining kaliyli rudalari xususiyatlari, ularning mineralogik tarkibi, sanoatdagi ahamiyati va asosiy qayta ishlash usullari ko‘rib chiqiladi. Kaliy xlorid va boshqa hamroh tuzli minerallarni o‘z ichiga olgan silvinit rudalarining xususiyatlari yoritilgan. Rudalarni qazib olish va qayta ishlashning asosiy texnologik jarayonlari, jumladan, maydalash, yanchish, flotatsiya hamda tuzlarni eritish va kristallashga asoslangan galurgik qayta ishlash usullari ko‘rib chiqiladi. Kaliy ajratib olish darajasini oshirish, mineral xomashyo resurslaridan kompleks foydalanish, foydali komponentlar yo‘qotilishini kamaytirish va chiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Tarkibida foydali komponent miqdori past bo‘lgan rudalarni qayta ishlashni takomillashtirish va kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nasirov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: