Mazkur maqolada ustama xarajatlarni tannarx obyektlari bo‘yicha taqsimlashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan bilvosita xarajatlarning mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga ta’siri tahlil qilinib, ularni adolatli va iqtisodiy asoslangan tarzda taqsimlash zarurati yoritilgan. Tadqiqot davomida ustama xarajatlarni taqsimlashning an’anaviy hamda zamonaviy usullari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, korxonalarda qo‘llanilayotgan amaliy yondashuvlarning samaradorligi baholangan. Shuningdek, tannarx obyektlari kesimida xarajatlarni noto‘g‘ri taqsimlash natijasida mahsulot tannarxi, moliyaviy natija va boshqaruv qarorlariga yuzaga keladigan salbiy ta’sirlar ochib berilgan. Maqolada ishlab chiqarish korxonalarida ustama xarajatlarni taqsimlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda tannarx hisobini ishonchli tashkil etish, xarajatlarni samarali boshqarish hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
F.A Nurniyozov
Samadova Madina
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Nurniyozov et al. (Sat,) studied this question.
www.synapsesocial.com/papers/6a01723a3a9f334c2827250b — DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20098113