Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi rang bildiruvchi leksemalarning semantik xususiyatlari qiyosiy va kognitiv-semantik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Rang nomlari nafaqat vizual idrokni, balki til egalarining madaniy qadriyatlari, ramziy ma’nolari va konseptual dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim lingvistik birliklar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda asosiy rang leksemalari, jumladan white, black, red, green, blue hamda ularning o‘zbek tilidagi muqobillari oq, qora, qizil, yashil, ko‘k leksemalarining semantik tuzilishi, ko‘pma’noliligi, metaforik kengayishi va assotsiativ ma’nolari o‘rganiladi. Shuningdek, rang nomlarining frazeologik birliklar, idiomatik ifodalar va maqollardagi qo‘llanishi va ularning ko‘chma hamda baholovchi ma’nolari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari rang semantikasi universal idrok asosiga ega bo‘lsa-da, har bir tilning milliy-madaniy xususiyatlari va konseptual dunyoqarashini aks ettirishini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, kognitiv semantika va lingvomadaniyatshunoslik rivojiga hissa qo‘shadi.
Toshtemirova Sitora Ulug'bek qizi (Sun,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: