Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Globallashuv sharoitida ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri sifatida shaxsda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik bilan bir qatorda umuminsoniy qadriyatlar – insonparvarlik, bag‘rikenglik, demokratiya va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab beriladi. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning pedagogik mazmuni, ularning o‘zaro uyg‘unlashuvi hamda ta’lim amaliyotiga tatbiq etish yo‘llari yoritilgan.
Maxmudova Dildorxon (Mon,) studied this question.