Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida salbiy ekspressiv birliklarni o‘qitish jarayonining zamonaviy yondashuvlari, pedagogik va lingvodidaktik asoslari, shuningdek, gender va madaniyat omillarining roliga bag‘ishlangan ilmiy tahlillar keltiriladi. Tadqiqotda salbiy ekspressiv birliklarning pragmatik, emotsional va sotsiolingvistik mohiyati, ularning o‘qitish jarayonida talaba tafakkuriga va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar, kognitiv model va madaniyatlararo o‘rganish muhitlari orqali bu birliklarni samarali o‘rgatish usullari tavsiya etiladi.
Turgunov et al. (Sun,) studied this question.