Maqolada Xorazm viloyati Shovot tumani Guliston hududida joylashgan “Ko‘raklar” kollektorini rekonstruksiya qilish va tizimli ta’mirlash-tiklash tadbirlarining sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot dissertatsiya ishida olingan dala kuzatuvlari, kuzatuv quduqlari ma’lumotlari, kollektor suvlari mineralizatsiyasi, tuproqning 0-100 sm qatlamidagi tuz rejimi hamda “Qodir Pirmat” fermer xo‘jaligi hosildorlik ko‘rsatkichlariga tayangan holda bajarildi. Natijalar 2025-yilda yer osti sizot suvlari o‘rtacha yillik joylashish sathi 2024-yilga nisbatan 11 sm, sug‘orish davrida esa 18 sm chuqurlashganini ko‘rsatdi. Sizot suvlar hajmi 15,35 mln m³ dan 14,52 mln m³ gacha kamaygan, sizot suvdagi quruq qoldiq 2,79 g/l dan 2,69 g/l gacha, xlor ioni esa 0,56 g/l dan 0,54 g/l gacha pasaygan. Tuproq profili bo‘yicha xlor ioni 10,3 %, quruq qoldiq 15,6 % kamaygan. Hosildorlikda paxta bo‘yicha 2,8 s/ga, g‘alla bo‘yicha 3,8 s/ga o‘sish qayd etilgan. Olingan natijalar kollektor tarmoqlarini rekonstruksiya qilish meliorativ barqarorlikni ta’minlashda, suv-tuz rejimini boshqarishda va sug‘oriladigan maydonlar mahsuldorligini oshirishda muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Gʻulom et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: