Ushbu maqolada O'zbekistonda iqtisodiy o'sish sur'ati va ishsizlik darajasi o'rtasidagi bog'liqlik Okun qonuni asosida statistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun 2019–2025-yillardagi yalpi ichki mahsulotning real o'sish sur'ati va ishsizlik darajasi bo'yicha rasmiy statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Ko'rsatkichlar dinamikasi qiyosiy tahlil qilinib, ular o'rtasidagi bog'liqlik Pearson korrelyatsiya koeffitsiyenti va oddiy chiziqli regressiya yordamida baholandi. Hisob-kitob natijasida iqtisodiy o'sish va ishsizlik darajasi o'rtasida o'rtacha darajadagi teskari statistik bog'liqlik mavjudligi aniqlandi. Biroq kuzatuvlar sonining kamligi va mehnat bozoriga iqtisodiy o'sishdan tashqari boshqa omillar ham ta'sir qilishi sababli olingan natijalarni ehtiyotkorlik bilan talqin qilish zarur. Tadqiqot yakunida iqtisodiy o'sishning bandlikka ta'sirini kuchaytirish hamda mehnat bozori statistikasi sifatini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: