Ushbu ilmiy-tahliliy maqolada O'zbekiston Respublikasidagi yoshlar bandligi, ishsizlik dinamikasi, NEET (Not in Education, Employment or Training — o'qimayotgan, ishlamayotgan va kasbiy tayyorgarlikdan o'tmayotgan) yoshlar muammosi hamda mehnat bozoridagi tizimli nomutanosibliklar statistik va empirik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Jahon banki, UNICEF, Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi hamda mehnat iqtisodiyoti bo'yicha ilmiy nashrlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Tahlillar natijasida gender tengsizligi, ta'lim va mehnat bozori o'rtasidagi malaka bo'shlig'I hamda hududiy va raqamli infratuzilma tafovutlari tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: