Maqolada O'zbekistonda 2017–2025-yillarda yoshlar ishsizligi va real YaIM o'sishi o'rtasidagi bog'liqlik statistik usullar bilan o'rganilgan. Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 15–24 yoshli yoshlar ishsizligi bo'yicha model baholari va Xalqaro valyuta jamg'armasi hamda Milliy statistika qo'mitasining YaIM ma'lumotlari olindi. Tavsifiy statistika, Pirson va Spirmen korrelyatsiyasi, juftlik regressiyasi va Oken qonuniga asoslangan farqlar modeli qo'llandi. Ko'rib chiqilgan davrda yalpi ichki mahsulot o'rtacha 5,9 foizga o'sgan, yoshlar ishsizligi esa 10,8–13,0 foiz oralig'ida qolgan. Ikki ko'rsatkich o'rtasidagi korrelyatsiya manfiy (r = −0,40), ammo statistik ahamiyatga ega emas. Bu natija iqtisodiy o'sish yoshlar uchun yangi ish o'rinlariga sekin aylanayotganini ko'rsatadi. Maqola oxirida ta'lim, hududiy bandlik va norasmiy sektor bo'yicha takliflar berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nizomov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: