Ushbu maqolada O'zbekistonda inflyatsiya, aholining real daromadlari va uy xo'jaliklari iste'mol xarajatlarining 2010–2025-yillardagi dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining SIAT bazasi hamda Markaziy bankning rasmiy ma'lumotlaridan foydalanildi. Tahlilda dinamik qatorlar, indeks usuli, tavsifiy statistika, Pearson korrelyatsiyasi va oddiy chiziqli regressiya qo'llanildi. Natijalarga ko'ra, inflyatsiya 2015-yilda 5,6 foiz bilan eng past, 2019-yilda 15,2 foiz bilan eng yuqori darajaga yetgan, 2025-yilda esa 7,3 foizni tashkil etgan. 2011–2025-yillarda inflyatsiya va real daromadlar o'sishi o'rtasida juda zaif manfiy bog'liqlik (r=-0,192; p=0,492), inflyatsiya va real iste'mol xarajatlari o'sishi o'rtasida esa nisbatan kuchliroq manfiy bog'liqlik (r=-0,494; p=0,061) aniqlangan. Olingan natijalar sababiy munosabat emas, statistik bog'liqlik sifatida talqin qilinadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nigora et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: