Ushbu maqolada O'zbekistonda aholi orasida raqamli to'lovlardan foydalanish darajasi statistik tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi 2020–2024 yillarda raqamli to'lovlardan foydalanish dinamikasini, infratuzilma bilan bog'liqligini, mavjud hududiy tafovutlarni va xalqaro qiyosdagi o'rnini baholashdan iborat. Axborot bazasini O'zbekiston Markaziy banki statistikasi asosida tayyorlangan mahalliy ilmiy ishlar, Global Findex, IMF FAS hamda tegishli xalqaro adabiyotlar tashkil etdi. Natijalar bank kartalari, POS-terminallar, ATM va infokiosklar, masofaviy xizmat foydalanuvchilari, P2P o'tkazmalar, QR va tezkor to'lovlar bo'yicha tez o'sishni ko'rsatadi. Biroq adabiyotlar account ownership yoki kartalar soni faol foydalanish bilan aynan teng emasligini, rural-shahar tafovutlari, ishonch, xavfsizlik va raqamli moliyaviy savodxonlik hal qiluvchi omillar ekanini ko'rsatadi. Maqola amaliy jihatdan O'zbekistonda siyosatning keyingi bosqichi access kengayishidan active usage, iste'molchi himoyasi va statistik ochiqlikni kuchaytirishga o'tishi kerakligini asoslaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: