Maqolada O'zbekiston bank tizimida kreditlar hajmining o'zgarishi va dinamikasi 2021–2026-yillar ma'lumotlari asosida statistik tahlil qilinadi. Kredit portfelining nominal o'sish sur'atlari, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibi, banklarning mulkchilik shakli hamda hududiy taqsimot ko'rib chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq statistik ma'lumotlari asosida mutlaq o'sish, yillik o'sish sur'atlari va tarkibiy ulushlar hisoblanadi. Natijalar kreditlash ko'lami kengayganini, shu bilan birga kredit/depozit nisbati, hududiy konsentratsiya va kredit risklarini muntazam kuzatish zarurligini ko'rsatadi. Yakunda statistik shaffoflikni, risklarni baholashni va hududlar bo'yicha moliyalashtirish muvozanatini yaxshilashga doir takliflar beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: