Ushbu maqolada O'zbekistonda 2021–2025-yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va ularni moliyalashtirish manbalari tarkibi, iste'mol narxlari indeksi (INI), aholi real daromadlari hamda tijorat banklarining kredit va depozitlari Milliy statistika qo'mitasining SIAT bazasi va Markaziy bank ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Tarkibiy ulush, o'sish sur'ati, indekslar usuli, Herfindahl–Hirschman indeksi (HHI) va kredit/depozit (K/D) nisbatidan foydalanilgan. Investitsiyalar hajmi 239,6 trln so'mdan 603,6 trln so'mga yetgan; xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 34,75 foizdan 66,41 foizgacha oshib, HHI 2546 dan 4786 punktgacha ko'tarilgan; yillik inflyatsiya 2022-yildagi 112,3 foizdan 2025-yilda 107,3 foizgacha sekinlashgan, biroq xizmatlar narxi umumiy darajadan tezroq o'sgan; 2025-yilda depozitlar 35,2 foizga, kreditlar 13,3 foizga oshib, K/D nisbati 172,7 foizdan 144,8 foizgacha pasaygan. Natijalar tavsifiy xarakterga ega bo'lib, sababiy bog'liqlikni isbotlamaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: