Maqolada O'zbekistonda aholining kredit yuklamasi ortishi, mikroqarzlar bozorining kengayishi va jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bilan bog'liq muammolar Markaziy bank, Milliy statistika qo'mitasi va xalqaro moliya tashkilotlari ma'lumotlari asosida tahlil qilinadi. Banklar tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig'ining 2020–2026-yillardagi dinamikasi uchun log-chiziqli trend regressiyasi baholandi: qoldiqning o'rtacha yillik o'sish sur'ati taxminan 33,5 foizni (95 % ishonch oralig'i: 30,6–36,4 %), determinatsiya koeffitsiyenti esa R² = 0,997 ni tashkil etdi. Aholi kreditlari qoldig'ining yillik daromadga nisbati 2025-yilda 18,6 foizdan 19,4 foizga ko'tarilgan. Raqamli kreditlash, qarz yuki me'yorlari va moliyaviy savodxonlik bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: