Maqolada Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 9 (MHXS 9) dagi kutilayotgan kredit zararlari modelini qo'llash O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit riskini baholashga va ularning moliyaviy barqarorligiga qanday ta'sir ko'rsatishi tadqiq etilgan. Empirik bazani mulkchilik shakli turlicha bo'lgan (davlat, xususiy va xorijiy kapitalli) o'nta tijorat bankining 2024–2025-yillardagi MHXS bo'yicha ko'rsatkichlari hamda Markaziy bankning bank sektori bo'yicha jamlangan ma'lumotlari tashkil etdi. Uchta gipoteza tekshirildi: muammoli kreditlarning milliy ta'rifi bilan MHXS 9 bo'yicha 3-bosqich kreditlari o'rtasidagi tafovut; qadrsizlangan kreditlar va kapital o'rtasidagi bog'liqlik; kapital yetarliligining MHXS 9 asosida zaxiralarni to'liq shakllantirishga sezgirligi. MHXS 9 kredit riskini milliy NPL ko'rsatkichiga nisbatan taxminan ikki baravar yuqori ko'rsatishi, tanlanma banklarida 3-bosqich kreditlari ulushi 1,0% dan 19,7% gacha o'zgarishi, qadrsizlangan kreditlar to'liq tan olinganda esa bank tizimining CET1 koeffitsienti stsenariyga qarab 14,7% dan 10,0–12,9% gacha pasayishi mumkinligi aniqlandi. Aktivlarning milliy tasnifini MHXS 9 bilan muvofiqlashtirish va MHXS 9 ko'rsatkichlarini prudensial nazoratda qo'llash bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sobirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: