Maqolada davlat ulushi mavjud transport korxonalarida korporativ boshqaruv sifati va moliyaviy barqarorlik oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻrganildi. Nazariy asos sifatida bankrotlikni bashorat qilish modellari, boshqaruv indekslari va kapital tuzilmasi nazariyasi umumlashtirilgan. “Uzbekistan Airways” AJning 2023-2024-yillarga oid MHXS boʻyicha konsolidatsiyalangan hisobotlari asosida kapital koeffitsiyenti, likvidlik, qarz yuklamasi va Altmanning rivojlanayotgan bozorlar uchun Z″-modeli hisoblandi. Tahlil daromadlilik va xususiy kapital tez surʼatda mustahkamlanganini, jamgʻarilgan zarar qisqarganini, aylanma kapital esa boshqaruv eʼtiborini talab etuvchi asosiy boʻgʻin ekanini koʻrsatdi. Integral Z″-koʻrsatkichning 0,91 dan 0,47 ga pasayishi deyarli toʻliq aylanma kapital omili hisobiga yuz bergani aniqlandi. Muallif institutsional omillar boshqaruv amaliyotlari orqali moliyaviy barqarorlikka taʼsir etishini tavsiflovchi uch pogʻonali omillar piramidasini taklif qildi. Kuzatuv kengashida moliyaviy barqarorlik qoʻmitasini tashkil etish, aylanma kapital meʼyorlarini korxona strategiyasiga kiritish va davlat oldidagi hisob-kitoblarni shartnomaviy asosga oʻtkazish boʻyicha takliflar asoslandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Raxmatov Ziyodullo Nosirovich (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: