Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi korxonalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavflarning mohiyati, ularning tasnifi va baholash mezonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligining 2020–2025-yillardagi rivojlanish tendensiyalari, xo'jalik toifalari bo'yicha tarkibiy o'zgarishlar hamda moliyaviy barqarorlikni tavsiflovchi koeffitsiyentlar tizimi ko'rib chiqilgan. Ishlab chiqarish, bozor, moliyaviy, institutsional-huquqiy va operatsion xavflar guruhlarga ajratilib, ularni identifikatsiya qilish, baholash, saralash va boshqarishning olti bosqichli sikli asoslangan. Muallif tomonidan xavflarni «ehtimollik – ta'sir» matritsasi asosida baholash uslubi, ichki moliyaviy zaxira fondini shakllantirish va risklarni sug'urta qilish mexanizmlarini uyg'unlashtirish taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xayrullayeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: