Ushbu tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasida yashil moliya bozori hamda iqlimiy investitsiyalar infratuzilmasining hozirgi holati, uning Yevropa Ittifoqi Taksonomiyasi (EU Taxonomy) va Iqlim Obligatsiyalari Tashabbusi (Climate Bonds Initiative — CBI) mezonlariga moslik darajasi statistik va ekonometrik usullar yordamida baholanadi. Tadqiqotda tarmoqlar bo'yicha ma'lumotlar bo'shlig'i (Data Gap Analysis) aniqlanib, milliy ko'rsatkichlarning xalqaro standartlardan orqada qolish sabablari tahlil qilingan. Shuningdek, respublikaga jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, ADB, EBRD) mablag'lari va yashil sertifikatlar dinamikasi o'rganilgan. Yakunda ESG-hisobdorlik hamda milliy va xalqaro indikatorlarni bir-biriga muvofiqlashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nigora et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: