Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli moliyaning rivojlanish tendensiyalari va uning moliyaviy inklyuziya bilan bog'liqligi statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi.Tadqiqotda masofaviy bank xizmatlari,raqamli to'lovlar,tolov tashkilotlari faoliyati,QR-online va NFC texnologiyalari hamda raqamli identifikatsiya kabi raqamli moliya vositalarining rivojlanish ko'rsatgichlari o'rganiladi.Tadqiqotning axborot bazasini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banking rasmiy statistik ma'lumotlari hamda Jahon bankining Global Findex 2025 ma'lumotlari tashkil etadi.Tahlil jarayonida mutlaq o'zgarish,o'sish sur'ati va taqqoslash usullaridan foydalanildi.Natijalar O'zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi kengayotganini ko'rsatadi.Shu bilan birga, raqamli moliyaning rivojlanishi moliyaviy inklyuzani avtomatik ravishda ta'minlamasligi, bunda raqamli savodxonlik,infratuzilma,kiberxavfsizlikva xizmatlar qulayligi kabi omillar ham muhimligi aniqlanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: