Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida Abdurahmon Jomiy obrazining shakllanishi, uning ma’naviy-estetik talqini hamda pir-muridlik munosabatlarining badiiy ifodasi tadqiq etiladi. Tadqiqotda Jomiy siymosining tarixiy shaxsdan badiiy-ma’naviy ideal darajasiga ko‘tarilishi “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Mahbub ul-qulub” asarlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik, poetik, hermenevtik va matniy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada Navoiy Jomiyni nafaqat tarixiy shaxs yoki ustoz sifatida, balki tasavvufiy-ma’rifiy komillik timsoli sifatida talqin qilgani aniqlandi. Shuningdek, Jomiy obrazi orqali Navoiy o‘zining estetik va tasavvufiy qarashlarini ifodalagani asoslab berildi.
Nizomiddinova Ma’suma Abdumo‘min qizi (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: