Ushbu maqolada raqamli kommunikatsiya (internet, ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va bloglar) kontekstida zookomponentli maqollarning lingvopoetik va semantik xususiyatlari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi hayvon obrazlari orqali til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, shuningdek, ularning digital kommunikatsiyadagi funksiyalarini o‘rganishdir. Maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi zookomponentli maqollar solishtirma usulda tahlil qilinib, ularning lingvopoetik imkoniyatlari, metaforik funksiyalari, semantik o‘ziga xosliklari va kommunikativ samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, digital kommunikatsiyada hayvon metaforalari nafaqat ma’no uzatishda, balki badiiy-estetik ta’sir yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, maqolada raqamli kommunikatsiya sharoitida zookomponentli ifodalar qanday yangi ma’no va konnotatsiyalar kasb etishi ham tahlil qilingan.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Uralova Oysuluv Poyan qizi (Sun,) studied this question.
synapsesocial.com/papers/6a1fc3d7dee9eb8c0dce5709 — DOI: https://doi.org/10.66345/stj.v4i2.5001
Uralova Oysuluv Poyan qizi
Bakı Asiya Universiteti
Bakı Asiya Universiteti
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...