Mazkur bo'lim ingliz va o'zbek tillaridagi so'z birikmalari komponentlari o'rtasida yuzaga keladigan grammatik munosabatlarni qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan. So'z birikmasining shakllanishida komponentlarning sintaktik jihatdan bog'lanishi, hokim va tobe munosabat, bitishuv, boshqaruv va moslashuv kabi grammatik aloqa turlari muhim ahamiyatga ega. Ingliz tilida grammatik munosabatlar ko'pincha qat'iy so'z tartibi, predloglar va yordamchi vositalar orqali ifodalansa, o'zbek tilida kelishik, egalik qo'shimchalari, affikslar va so'z tartibi asosiy vositalardan hisoblanadi. Qiyosiy tahlil ikki tilda grammatik munosabatlarning umumiy funksional xususiyatlari mavjudligini, biroq ularning formal ifodalanish usullari sezilarli darajada farq qilishini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ozoda Eshqobilova Xalikulovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: