Ushbu maqolada o'zbek tilidagi so'z birikmalarining tuzilishi, tarkibiy qismlari, grammatik xususiyatlari va asosiy turlari tahlil qilinadi. So'z birikmasi o'zbek tilining sintaktik tizimida muhim birlik bo'lib, kamida ikki mustaqil so'zning mazmuniy va grammatik jihatdan tobelanishi asosida shakllanadi. Maqolada hokim va tobe so'z, so'zlarning bog'lanish usullari, bitishuv, boshqaruv va moslashuv, shuningdek, otli, fe'lli, sifatli, ravishli va sonli so'z birikmalarining xususiyatlari yoritiladi. O'zbek tilida so'z tartibining asosan hokim so'zning keyin kelishi tamoyiliga asoslanishi misollar orqali ko'rsatiladi. Shuningdek, so'z birikmalarining gap tuzilishidagi o'rni va nutqni shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ozoda Eshqobilova Xalikulovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: