Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida ravish soʻz turkumining oʻziga xos xususiyatlari, xususan, miqdor-daraja va oʻrin ravishlarining semantik-grammatik tabiati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ravishlarning oʻzgarmaslik xususiyati, ularning boshqa turkumlar (son, ot, sifat, olmosh) bilan aloqadorligi hamda funksional-semantik chegaralari masalasi yoritilgan. Shuningdek, oʻrin ravishlarining shakllanishida “soddalanish” hodisasi, kelishik qoʻshimchalarining roli va ularning oʻrin-joy otlaridan farqli jihatlari ilmiy asoslab berilgan.
Matyakubovna et al. (Wed,) studied this question.