Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada oʻzbek va ingliz tillaridagi xotira fe’llari (esla-, yodla-, eslat-, unut- va remember, recall, memorize, remind, forget kabilar) qiyosiy-chogʻishtirma aspektda tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi xotira jarayonining turli bosqichlarini (kodlash, saqlash, esga tushirish, yoʻqotish) ifodalovchi leksik birliklarning semantik tuzilishini hamda ularning nutqda bajaradigan pragmatik vazifalarini aniqlashdan iborat. Tahlil natijalariga koʻra, oʻzbek tilida xotira leksikasi uch qatlamli (turkiy, fors-tojik va arab) tabiatga ega boʻlib, unutish hodisasi koʻpincha noagentiv (tajriba egasi ablativda kelgan) konstruksiyalar orqali ifodalanadi; ingliz tilida esa ushbu fe’llarning sintaktik komplementatsiyasi (to-infinitive va -ing shakllari) implikativlik va faktivlik farqlarini belgilaydi. Pragmatik jihatdan har ikki tilda unutish fe’llari uzr soʻrash va yuzni saqlash (face-saving) strategiyasi sifatida, eslatish fe’llari esa muloyim buyruq va ogohlantirish vositasi sifatida qoʻllanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
qizi et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: