Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi so'z birikmalarining konseptual-kognitiv tabiati hamda ularning matn yaratish jarayonidagi funksional-pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. So'z birikmalari nafaqat grammatik birlik, balki inson tafakkurida shakllanadigan konseptual munosabatlarning lisoniy ifodasi sifatida ham namoyon bo'ladi. Ingliz va o'zbek tillarida so'zlarning sintaktik bog'lanishi, atributiv, obyektli, predikativ va boshqa munosabatlarning ifodalanishi turli grammatik vositalar orqali amalga oshadi. Ushbu farqlar mazkur tillarning milliy-kognitiv xususiyatlarini aks ettiradi. Maqolada konseptualizatsiya, kategoriyalash, freym, prototip, obraz-sxema kabi kognitiv tushunchalarning so'z birikmalari shakllanishidagi o'rni yoritiladi. Shuningdek, so'z birikmalarining matnning mazmuniy yaxlitligi, referensial aniqligi, kommunikativ maqsadi, ekspressivligi va pragmatik ta'sirchanligini ta'minlashdagi vazifalari ko'rib chiqiladi. Ingliz va o'zbek tillaridagi so'z birikmalarining qiyosiy tahlili orqali ularning matn yaratishdagi funksional imkoniyatlari ochib beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xalikulovna Eshqobilova Ozoda (2026) studied this question.