Mazkur tadqiqotda tilshunoslikda so'z birikmasi tushunchasining shakllanishi, uning an'anaviy grammatik va zamonaviy kognitiv tilshunoslikdagi talqinlari hamda konseptual asoslari tahlil qilinadi. So'z birikmasi ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zning grammatik, sintaktik va semantik munosabatga kirishishi natijasida yuzaga keladigan til birligi sifatida qaraladi. An'anaviy sintaksisda so'z birikmasining asosiy e'tibori uning tarkibiy tuzilishi, hokim va tobe komponentlari hamda grammatik aloqalariga qaratilgan bo'lsa, kognitiv tilshunoslik ushbu birlikning inson tafakkuri, bilimlari, tajribasi va konseptual tizimi bilan bog'liqligini ham hisobga oladi. Ingliz va o'zbek tillaridagi so'z birikmalarining strukturaviy-semantik xususiyatlari ularning turli tipologik imkoniyatlarini namoyon etadi. Zamonaviy tadqiqotlarda so'z birikmasi ma'no yaratish, konseptualizatsiya va bilimni verbalizatsiya qilish vositasi sifatida ham qaralmoqda. (The Lingua Spectrum)
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ozoda Eshqobilova Xalikulovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: