Mazkur maqolada so'z birikmalarini konseptuallashtirishning lisoniy-kognitiv mexanizmlari konseptual metafora, metonimiya va freym modellashtirish asosida tahlil qilinadi. Kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan so'z birikmalari faqat sintaktik birlik sifatida emas, balki insonning borliqni idrok etishi, kategoriyalashi, konseptual tizimlashtirishi va kommunikativ tajribasini ifodalovchi lisoniy konstruksiyalar sifatida qaraladi. Konseptual metafora bir konseptual sohaga xos bilimlarning boshqa sohaga ko'chirilishi orqali yangi mazmuniy birliklarning shakllanishini ta'minlasa, metonimiya bir konseptual soha doirasidagi yaqinlik va assotsiativ munosabatlarga asoslanadi. Freym modellashtirish esa so'z birikmasi tarkibidagi komponentlarning muayyan vaziyat, hodisa yoki tajriba modeli doirasidagi o'zaro munosabatlarini ochib beradi. Maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi so'z birikmalari misolida mazkur mexanizmlarning semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari so'z birikmalarining shakllanishida grammatik tuzilish bilan bir qatorda kognitiv jarayonlar ham muhim rol o'ynashini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ozoda Eshqobilova Xalikulovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: