ushbu tizesda ingliz va o'zbek tillaridagi ilmiy hamda badiiy matn uslublarining tipologik, leksik-grammatik va lingvopragmatik xususiyatlari qiyosiy-chog'ishtirma metodlar asosida tahlil qilingan. Ilmiy matnlarning obyektivlik, mantiqiy izchillik va terminologik qat'iylikka asoslangan tabiati badiiy matnlarning emotsional-ekspressiv, obrazli hamda subyektiv xususiyatlariga qarama-qarshi qo'yib o'rganilgan. Shuningdek, tadqiqotda har ikki tildagi sintaktik figuralar (inversiya, ritorik so'roq, ellipsis), ko'chma ma'noli so'zlar, tagma'no (subtext) va lingvokulturologik kodlarning matn pragmatikasidagi o'rni yoritib berilgan. Olingan xulosalar tarjimashunoslik, matn lingvistikasi, qiyosiy uslubshunoslik va kompyuter lingvistikasi sohalari uchun muhim nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
SAMARA AZZAMQULOVNA DAMINOVA (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: