Mazkur maqolada raqamli platformalar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash, o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirish hamda ularning mustaqil qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda IMRAD tuzilmasi asosida nazariy tahlil, empirik kuzatuv va eksperimental yondashuvlardan foydalanildi. Raqamli platformalar (onlayn ta’lim tizimlari, interaktiv ilovalar va virtual o‘quv muhitlari) o‘quvchilarning mustaqil o‘qish, muammoni tahlil qilish va kreativ fikrlash jarayonlariga ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, raqamli platformalardan tizimli foydalanish o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishi aniqlandi. Shuningdek, interaktiv topshiriqlar va adaptiv o‘quv muhitlari o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, individual ta’lim trayektoriyasini qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.
Building similarity graph...
Analyzing shared references across papers
Loading...
Kimyo International University in Tashkent
Add This Paper to Your Research Feed
Any time a new paper drops it will be there.
Jo‘raqulova Saida Akramqul qizi (Wed,) studied this question.