Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi epitetlarning milliy-madaniy obrazliligi qiyosiy-lingvomadaniy usul asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi ikkala til materialidagi epitetik birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlarini, aksiologik yo‘nalishini hamda madaniy-kognitiv modellarini aniqlashdan iborat. Tahlil natijalariga ko‘ra, nemis epitetikasi normativ ixchamlik va institutsional kodlashga moyil bo‘lsa, o‘zbek epitetikasi sezgiy-tanaviy va madaniy jihatdan to‘yingan obrazlarni afzal ko‘radi. Universallik va madaniy o‘ziga xoslik o‘rtasidagi bu muvozanat tarjimashunoslik va lisonaviy madaniyatshunoslik uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Axmedova Dilnoza Abdumannonnovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: