4-Metoksibenzoy kislotaning anilin va toluidin izomerlari bilan reaksiyalari erituvchisiz sharoitda qizdirish orqali olib borildi. Reaksiyalar katalizatorsiz va katalizator ortoborat kislotasi bilan olib borildi. Katalizator ishtirokida olib borilgan reaksiyalarda mahsulot unumi yuqori chiqanligi kuzatildi. Reaksiya oraliq bosqichlarida katalizator ortoborat kislotasining ishtiroki va oraliq mahsulotlarning hosil bo‘lish sxemasi taklif qilindi. Sintez qilingan amidlarning tuzilishi IQ spektroskopik usul bilan tasdiqlandi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
BO‘RIYEVA et al. (2025) studied this question.
Synapse has enriched 5 related papers. Consider them for comparative context: