OIV (Odam immuniteti tanqisligi virusi) infeksiyasi global jamoat salomatligining eng murakkab patologiyalaridan biri boʻlib qolmoqda. Antiretrovirus terapiyasi (ART) virus replikatsiyasini bosish va bemorlar umrini uzaytirish imkonini bergan boʻlsa-da, virusli latent rezervuarlar sababli toʻliq tuzalishni ta'minlay olmaydi. Shu sababli, genomni tahrirlash va immunoterapiyaga asoslangan eksperimental va klinik sinovlar dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada OIV infeksiyasiga qarshi oʻtkazilgan eng soʻnggi eksperimental klinik sinovlar, CCR5 retseptori mutatsiyasiga asoslangan poya hujayralari transplantatsiyasi, CRISPR-Cas9 genom tahrirlash texnologiyalari va toʻliq remissiyaga erishish strategiyalarini ilmiy tahlil qilish nazarda tutilgan. Eksperimental klinik holatlar ("Berlin", "London" va "Dusseldorf" bemorlari) hamda sub-hujayraviy gen muhandisligi sinovlari OIVni toʻliq sterilizatsiyalovchi remissiya holatiga keltirish mumkinligini amalda isbotladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sarvarbek Boymirza o'g'li Toshmatov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: