Systematic review demonstrates improved engagement and learning efficiency through AI-driven 3D virtual labs, suggesting effective alternatives to resource-constrained traditional setups.
Ushbu maqolada 3D modellashtirish va sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida laboratoriya mashg'ulotlarini raqamlashtirish masalasi ko'rib chiqiladi. An'anaviy laboratoriya jarayonlarida uchraydigan muammolar, xususan, jihozlar yetishmasligi, xavfsizlik bilan bog'liq cheklovlar va amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishning yuqori xarajati tahlil qilinadi. Shu asosda virtual 3D muhitda laboratoriya ishlarini tashkil etish imkoniyatlari, jumladan real jihozlarning raqamli egizaklarini (digital twin) yaratish yondashuvi yoritiladi. Maqolada sun'iy intellekt orqali foydalanuvchi faoliyatini kuzatish, uning bilim darajasiga moslashtirilgan topshiriqlarni avtomatik tanlash g'oyasi ham bayon etiladi. Tadqiqot uslubi sifatida so'nggi besh yil ichida (2020–2025) e'lon qilingan ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilish va mavjud virtual laboratoriya platformalarini qiyosiy o'rganish usullaridan foydalaniladi. Tadqiqot natijasida raqamli laboratoriyalar ta'lim samaradorligini, xususan talabalar faolligi va bilim o'zlashtirish ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishi mumkinligi ko'rsatib o'tiladi, lekin ayrim texnik (yuqori hisoblash quvvati talabi) va metodik (o'qituvchilar tayyorgarligi, baholash mezonlari) muammolar hali to'liq yechilmaganligi ham qayd etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shahnoza Amonboyeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: