Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada soliq ma'muriyatchiligini raqamlashtirishning iqtisodiy-fiskal samaradorligini baholashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya soliq munosabatlarini elektronlashtirish emas, balki soliqqa tortiladigan operatsiyalarni identifikatsiyalash, ma'lumotlarni integratsiyalash, majburiyatlarni avtomatlashtirish, komplaens risklarini boshqarish va fiskal salohiyatni safarbar etishga asoslangan ma'lumotlar boshqaruvi modeli sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda raqamli qamrov, ma'lumotlar sifati, avtomatlashtirish, risk samaradorligi, komplaens-servis natijalari va ma'muriy xarajatlarni birlashtiruvchi Digital Tax Administration Efficiency Index (DTAEI) taklif etilgan. Raqamlashtirish samaradorligi texnologik qamrov bilan emas, balki soliq bazasining kuzatiluvchanligi, komplaensning yaxshilanishi, xarajatlarning qisqarishi va fiskal salohiyatning real budjet tushumlariga transformatsiyalanishi bilan belgilanishi asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nilufar Erkinovna Gadoyeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: