Maqolada mintaqa iqtisodiyotini raqamli monitoring qilish samaradorligini baholashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilib, mavjud baholash yondashuvlarini takomillashtirish zarurati asoslangan. Raqamli monitoring samaradorligini iqtisodiy natijadorlik, axborotlarning tezkorligi va ishonchliligi, hududiy qamrov, institutsional integratsiya hamda boshqaruv qarorlarining ta’sirchanligi bilan o‘zaro bog‘liq holda baholashga qaratilgan kompleks metodologik yondashuv taklif etilgan. Ko‘rsatkichlarni ko‘p darajali tizimlashtirish, normalizatsiya qilish, vaznlash va integral indeksga birlashtirish asosida mintaqalararo qiyosiy baholash mexanizmi shakllantirilgan. Taklif etilgan yondashuv hududiy tafovutlarni aniqlash, monitoring tizimining zaif bo‘g‘inlarini diagnostika qilish va boshqaruv qarorlarining axborot-analitik asoslanganligini oshirish imkonini beradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Qozaqova Munojat Sharifjanovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: