Bugungi kunda global moliya tizimida yuz berayotgan tarkibiy o'zgarishlar, raqamli texnologiyalarning bank faoliyatiga jadal integratsiyalashuvi hamda moliyaviy xizmatlar ko'lamining kengayishi tijorat banklari faoliyatining uzluksizligi va operatsion barqarorligini ta'minlash masalasini tobora dolzarb etmoqda. Banklarda biznes jarayonlarining murakkablashuvi, axborot tizimlariga bog'liqlikning ortishi, kiberxavflar, texnik uzilishlar, inson omili va tashqi ta'sirlar operatsion faoliyatda turli xatarlarning yuzaga kelish ehtimolini oshirmoqda. Shu jihatdan, tijorat banklarining nafaqat operatsion risklarni samarali boshqarishi, balki turli salbiy ta'sirlar sharoitida muhim bank xizmatlarining uzluksizligini saqlab qolish, yuzaga kelgan uzilishlarga tezkor moslashish va faoliyatni belgilangan muddatlarda tiklash imkoniyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yashin Boltayev (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: