Zamonaviy gumanitar fanlarda mentallik yoki mentalitet tushunchasi inson tafakkuri, dunyoqarashi va ijtimoiy tajribasini ifodalovchi muhim ilmiy kategoriyalardan biri sifatida qaraladi. Ushbu tushuncha tarix, falsafa, sotsiologiya, psixologiya hamda tilshunoslik kabi turli fanlar kesishgan nuqtada shakllangan bo'lib, insonning borliqni idrok etish modeli, qadriyatlar tizimi hamda madaniy stereotiplarini o'zida mujassam etadi. Mentallik tushunchasi ko'pincha jamiyat yoki xalqning kollektiv tafakkuri, tarixiy tajribasi va dunyoni anglash usullarini ifodalovchi kompleks fenomen sifatida talqin qilinadi. Shu sababli mentallikni o'rganish nafaqat ijtimoiy-madaniy jarayonlarni, balki til orqali ifodalanadigan konseptual tizimlarni ham tahlil qilishni talab qiladi
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dilafruz Faxriddinovna Isakova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: